Desham Irlandiya ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoasi g'alabasidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatda bo'ldi.
Frantsuzlar Evro-2024 saralash bahsida irlandiyalik raqiblaridan ustun kelishdi - 2:0. 19-daqiqada Orelen Tchuameni hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Markus Tyuram yakuniy natijani tabloga yozdirib qo'ydi.
“Har doim ko'proq narsani so'rashingiz mumkin, ammo bugun biz natijaga erishdik, ko'p imkoniyatlar yaratdik. Ko'p vaziyatlar bilan bor-yo'g'i ikki marta gol urganimiz biroz xafa bo'ldi. O'ylaymanki, jamoa yana bir necha bor raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, lekin men o'yinchilardan mamnunman. Biz ketma-ket beshinchi o'yinda g'alaba qozondik", - dedi Desham.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!