Romeu Buskets bilan solishtirishlar haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Barselona" yarim himoyachisi Oriol Romeu Serxio Buskets bilan solishtirish borasidagi savollarga javob berdi.
Jamoaning 35 yoshli sobiq sardori o'tgan mavsum yakunlanganidan ko'p o'tmay "Inter Mayami"ga ko'chib o'tdi. Uning o'rniga xuddi shunday turdagi futbolchi hisoblangan Romeu sotib olindi.
“Men “Barselona”dagi holatimdan mamnunman. Buskets - bu erda o'ynagan eng yaxshi yarim himoyachi, ammo men uchun hozirgi jamoadoshlarim bilan birga o'ynash imkoniyati juda qimmatlidir. Menga qo'yiladigan asosiy talab – to'pni yo'qotmaslik”, — dedi 31 yoshli futbolchi.
Oriol Romeu joriy mavsumda “Barselona”ning barcha to'rtta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!