David Silva: "Xoland - yirtqich"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
David Silva "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni maqtadi.
"Xoland yirtqich, men uning maydondagi harakatini yaxshi ko'raman. U bilan ko'proq gol urishga yordam berishni xohlardim!
O'tgan mavsumda "Manchester Siti"ning Chempionlar ligasidagi deyarli barcha o'yinlarini tomosha qilganman. Men jamoada bo'lganimda bu sovrinni qo'lga kirita olmadim, lekin nihoyat uni qo'lga kiritgan klub uchun xursandman. Bu haqli g'alaba.
Klub bunga loyiq edi, muxlislar ham Premer-liga, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga haqli edi. Bu ajoyib yutuq", - dedi sobiq yarim himoyachi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!