"Milan"ning eng ko'p maosh oladigan futbolchilari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59
"Milan"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi - Rafael Leau.
Calcio e Finanza nashri xabariga ko'ra, vinger yiliga 5 million evro oladi. Yana besh nafar futbolchi 4 million maosh oladi.
"Rossonerilar" maoshlar uchun 89,9 million evro (soliqdan keyin 59,7 million) sarflaydilar.
"Milan" futbolchilari orasida kuchli 11talikka quyidagilar kiradi:
1. Rafael Leau – 5 mln evro (6,55 soliqqacha);
2-6. Teo Ernandes – 4 mln evro (5,24);
2-6. Ismael Bennaser – 4 mln evro (7,4);
2-6. Ruben Loftus-Chik – 4 mln evro (5,24);
2-6. Kristian Pulishich – 4 mln evro (6,32);
2-6. Semyuel Chukvueze – 4 mln evro (6,32);
7-8. Fikayo Tomori – 3,5 mln evro (4,59);
7-8. Olive Jiru – 3,5 mln evro (4,59);
9. Alessandro Florentsi – 3 mln evro (5,55);
10. Mayk Menyan – 2,8 mln evro (3,67);
11. Luka Yovich – 2,5 mln evro (3,28).