Flik Kimmixga terma jamoada yangi rol bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xants-Diter Flik "Bavariya" futbolchisi Joshua Kimmixga terma jamoada alohida rol berishni rejalashtirmoqda.
Bild nashri xabariga ko'ra, mutaxassis Kimmixni o'ng qanot himoyachisi sifatida ishlatmoqchi. Jamoa mehmonxonasida bo'lib o'tgan uchrashuvda Flik o'z o'yinchilariga "Manchester Siti" o'yinlari videolarini ko'rsatib, yangi taktika va falsafani tushuntirish uchun asosan Jon Stounsning o'yinidagi roliklardan foydalangan.
Eslatib o'tamiz, Yozua Kimmix 2016 yildan beri Germaniya terma jamoasi libosida o'ynab, 79 ta o'yin o'tkazgan va 6 ta gol urgan. Sentyabr oyida nemislar Yaponiya va Frantsiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!