Loris Saudiya chempionatiga o'tishga qiziqmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris Saudiya Arabistoniga o'tishga unchalik qiziqmayapti.
36 yoshli futbolchi “shporlar” tarkibiga kiritilmayapti va unga klubni tekinga tark etish imkoniyati berildi, biroq Evropada transfer oynasi yopilgunga qadar u birorta taklifni qabul qilmadi. Jurnalist Devid Xitnerning so'zlariga ko'ra, ayni damda Lorisda Saudiya Arabistonidan takliflar bor, biroq u ularga qiziqish bildirmayapti. "Tottenxem"ning vaziyatdan hafsalasi pir bo'ldi, chunki ular frantsiyalik futbolchining Evropa klubiga o'tish uchun etarlicha vaqti bo'lganiga ishonishmoqda.
Ugo Loris “Tottenxem” safida 444 ta o'yin o'tkazib, 508 ta gol o'tkazib yuborgan. Darvozabon 2012 yilning yozida "Lion"dan londonliklar safiga ko'chib o'tgandi.