"PSJ" nima sababdan Grizmann variantidan bosh tortgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann “PSJ”ning qiziqish doirasiga tushgandi.
Liga1 grandi yozgi transfer oynasida frantsiyalik hujumchini sotib olishni ko'rib chiqqan. Jurnalist Loik Tanzi xabariga ko'ra, "PSJ" Grizmannni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqqan, biroq 32 yoshli futbolchining maoshini juda yuqori deb hisoblagani uchun muzokaralarga kirishmaslikka qaror qilgan.
"Atletiko" o'tgan mavsumda "Barselona"dan Antuan Grizmanni 20 million evro evaziga sotib olgandi. Futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan va uning transfer narxi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 25 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!