"Chelsi" e'tiboridagi futbolchiga katta tovon puli belgilangan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Kristal Pelas" vinger Maykl Olisening shartnomasiga yangi band qo'shdi.
O'tgan yozda "Chelsi" frantsiyalik futbolchining oldingi shartnomasidagi 35 million funt sterling (taxminan 41 million evro) to'lash bandini faollashtirib, shartnoma imzolashga tayyor edi. Transfer amalga oshmadi, chunki 21 yoshli futbolchining o'zi transferni ma'qullamagan va keyinroq o'z klubi bilan yangilangan shartnoma tuzgan. Standard nashrining xabariga ko'ra, Olisening yangi shartnomasida ancha yuqori tovon puli mavjud. Aniq raqam aytilmagan, ammo endi unga qiziqayotganlar futbolchini olishi qiyinroq bo'ladi.
Transfermarkt ekspertlari Maykl Olisening narxini 38 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!