Rasman! Azar faoliyatini "Anderlext"da davom ettiradigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Qanot hujumchisi Torgan Azar Dortmundning “Borussiya” klubini “Anderlext”ga almashtirdi.
Belgiya klubi 30 yoshli futbolchini o'zining yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtirdi. Transfer narxi 4 million evroga baholanmoqda.
Torgan Azar 2019/20 yilgi mavsum boshlanishidan oldin Myonxengladbaxning “Borussiya”sidan 25,5 million evro evaziga “Borussiya Dortmund” safiga qo'shilgan edi. Belgiyalik futbolchi barcha musobaqalarda "asalarilar" safida 123 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!