"Manchester Siti" Xolandga zo'r raqobatchi topib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159
"Brayton"da to'p tepadigan Irlandiya terma jamoasi hujumchisi Evan Fergyuson Angliya Premer-ligasining boshqa klubiga o'tishi mumkin.
Inews jurnalistlarining yozishicha, 18 yoshli irlandiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Evan jamoaning hujum chizig'ida Erling Xolandga sherik sifatida qaralmoqda. “Shaharliklar” hujumchining qishki transfer oynasida o'tishini rasmiylashtirishga harakat qiladi.
Fergyuson joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Hujumchining shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!