"Liverpul" rahbariyati Nunes o'yinidan qoniqish hosil qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Liverpul" yozda o'z hujumchisi Darvin Nunesni sotishni xohlamadi, u o'tgan mavsumda yomon o'yin ko'rsatgani uchun tez-tez tanqid qilinardi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, “Liverpul” rahbariyati va murabbiylar shtabi Nunesning debyut mavsumidagi o'yinlaridan to'liq qoniqish hosil qilgan. Klub urugvaylik futbolchining vaqt o'tishi bilan yaxshilanishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, Nunes mavsum boshida chempionat doirasidagi “Nyukasl”ga qarshi safar o'yinida zaxiradan maydonga tushgani bilan yaxshi esda qolgan. Urugvaylik forvard jamoasi kamchilikda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgan vaqtda dubl qayd etib, jamoasiga g'alaba keltirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!