Galtega Qatardan foydali taklif tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"PSJ", "Nitstsa" va "Lill" klublarining sobiq bosh murabbiyi Kristof Galte faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishi mumkin.
Qatarning “Al-Duhail” klubi frantsiyalik mutaxassis bilan muzokara olib bormoqda. Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, Galtega 2025 yilga qadar katta maoshli shartnoma va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati taklif qilingan.
Eslatib o'tamiz, 57 yoshli frantsiyalik mutaxassisning avvalgi ish joyi "PSJ" bo'lib, u o'tgan mavsum oxirida ishdan bo'shatilgandi. Parij klubida Kristof bor-yo'g'i ikkita sovrin - chempionlik va Frantsiya Superkubogini qo'lga kirita oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!