Antoni "Manchester Yunayted" tarkibidan chetlatilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
UOL xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" vingeri Antoni jamoadan chetlatilishi mumkin.
Avvalroq "qizil iblislar" vingerning sobiq sevgilisi Gabriela Kavallinning zo'ravonlik bo'yicha da'volarini engil qabul qilishgandi. Ammo futbolchi Braziliya terma jamoasining sentyabr oyidagi o'yinlari uchun qaydnomasidan chetlashtirilgach, klub 23 yoshli futbolchi bilan bog'liq janjal bo'yicha o'z pozitsiyasini o'zgartirdi.
Hozir "MYu" direktorlar kengashi braziliyalik vinger borasida qanday qaror qabul qilish kerakligini ko'rib chiqmoqda. Klub avval Meyson Grinvudga nisbatan qattiq intizomiy choralarni saqlab qolmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!