Sterling terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Garet Sautgeyt sentyabr oyidagi o'yinlarga chaqirmagan bo'lsa-da, Raxim Sterling Angliyadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Jek Grilish va Trent Aleksandr-Arnoldning jarohati tufayli "Nyukasl" himoyachisi Kiran Tripper terma jamoaga chaqirilgan edi. Shundan so'ng Rio Ferdinand Sterling va Jeyms Uord-Prouzlar terma jamoani tark etishi kerakligini aytdi.
The Telegraph xabariga ko'ra, Sterling o'zini terma jamoaga loyiq edi, deb hisoblamoqda, ammo tarkibga qaytish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishda davom etadi. So'nggi bor Raxim Angliya terma jamoasiga Qatarda bo'lib o'tgan 2022 yilgi jahon chempionatiga chaqirilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!