Daych: "Grey ketishni istashini ochiq aytdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Everton" bosh murabbiyi Shon Daych Demaray Greyning o'tgan yozda jamoadan ketmoqchi bo'lganligi haqida fikr bildirdi.
"Demaray ketish niyatini aniq aytdi va buni futbolchining o'zidan eshitish qiziq edi. Biz unga klub rahbariyatining roziligisiz birorta ham qadam tashlab bo'lmasligini eslatdik", - deya mutaxassis so'zlarini keltirgan jurnalist Pol Joys.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilning yozida Demaray Greyga "Ash-Shabob", "Fulxem" va "Beshiktosh" klublari qiziqish bildirgandi. Transfermarkt portali 27 yoshli yamaykalik futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!