«Manchester Yunayted» yarim himoyachisini EChL qaydnomasiga kiritmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Donni van de Bek yaqinlashib kelayotgan Chempionlar ligasida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 26 yoshli gollandiyalik futbolchi «qizil iblislar»ning qaydnomasidan chetda qolgan.
Bundan tashqari, manbaning ta'kidlashicha, «Manchester Yunayted» hujumchisi Alexandro Garnacho ham jamoaning asosiy ro'yxatidan joy olmagan, ammo «B» ro'yxatga kiritilgan.
Avvalroq van de Bek faoliyatini Turkiyaning «Galatasaroy» klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi maydonga tushmadi. Yarim himoyachining transfer narxi 13 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!