«Manchester Yunayted» futbolchisi Antoni muammoga duch keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
«MYu» hujumchisi Antoni mojaro markaziga tushib qoldi. "UOL Esporte" tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchining sobiq qallig'i Antoni ustidan politsiyaga ariza yozdi.
Antoni qizga nisbatan zo'ravonlik qilganlikda ayblanmoqda.
«U bilan tortishib qoldik. Antoni esa eshikni yopdi va meni uydan chiqarmadi. U menga telefon va bo'sh stakanni otdi. U meni o'ldirishini, so'ngra esa o'ldirishini aytib tahdid qilgan qildi», - dedi futbolchining sobiq qallig'i.
«Manchester Yunayted» futbolchisi ushbu voqea yuzadan hozircha izoh bermadi. San-Paulu politsiyasi Antoniga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Uning aybi isbotlansa, qamoqqa olinishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!