Stankovich Vengriya klubi bosh murabbiyiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Ferentsvarosh" o'zining rasmiy saytida Deyan Stankovich jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi. Vengriya klubi 44 yoshli serbiyalik tomonidan imzolangan shartnoma shartlarini oshkor qilmadi.
Eslatib o'tamiz, iyul oyida Chempionlar ligasi saralashidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng "Ferentsvarosh" rossiyalik murabbiy Stanislav Cherchesovni iste'foga chiqargandi. O'shandan beri jamoani Caba Mate boshqarib kelayotgandi. Uning boshchiligida "Ferentsvarosh" Konferentsiya ligasining guruh bosqichiga yo'l oldi.
Deyan Stankovich bungacha “Tsrvena Zvezda” (2019-2022) va “Sampdoriya” (2022-2023) jamoalarini boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!