Kvaratsxeliya "Barselona" radarida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
"Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya "Barselona"ning radarida.
22 yoshli futbolchiga Evropaning ko'plab top-klublari qiziqish bildirmoqda, ammo kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, yaqin kelajakda “Napoli” yulduzi uchun kurashmoqchi. "Barselona" gruziyalik futbolchini 2024 yilda sotib olish rejasini tayyorlamoqda, deya xabar beradi Fichajes.
Transfermarkt ekspertlari Xvicha Kvaratsxeliyaning narxini 85 million evroga baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Kvaratsxeliya “Napoli” safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!