Xavi: «EChLda o'z yuzimizni ko'rsatishimiz kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73
«Barselona» bosh murabbiyi Xavi tarkib haqida gapirdi.
«Har doim avvalgi tarkibimizdan ustun bo'lishga harakat qilganmiz. Raqobat qilishga tayyormiz. EChLda o'z yuzimizni ko'rsatishimiz va guruhdan chiqishimiz kerak, lekin ko'p qiyinchiliklar bo'ladi.
Biz qiyin iqtisodiy va moliyaviy feyr-pley muhitida turibmiz. Biroq ajoyib transfer siyosatini amalga oshirdik. Oriol Romeu uchun bor-yo'g'i 3,4 million evro sarfladik, qolgan futbolchilar tekinga keldi, biroq biz baxtlimiz va mavsumni ajoyib o'tkazishimiz mumkinligiga ishonchimiz komil», — dedi «Barselona» bosh murabbiyi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!