Leo bugun aynan MESSI bo'lgani uchun taxtda! UEFA katta ehtimol yana piarga mag'lub bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
Chorshanba oqshomida Chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi ishtirokchilari aniqlanadi. O'shanda mavsumning eng yaxshilarini ham bilib olamiz.
Biroq futbolchilar borasida bahsli munozaralar davom etmoqda. Shunga qaramay ayrim jihatlarni unutmaslik kerak.
1. UEFA yilning eng yaxshi erkak futbolchisini aniqlashda FIFA turniri bo'lgan Jahon chempionatidagi chiqishlarni hisobga olmaydi.
2. Liga 1da (bu baribir fermerlar ligasi) Messi «PSJ»dan yomonroq jamoalarda o'ynaydigan Lyakazett va Balogun kabi futbolchilarga ham eta olmadi va to'purarlikda 10-o'rinni egalladi.
3. EChLda Messi «Bavariya»ga qarshi o'yinda hech qanday gol yoki assist qayd eta olmadi, umumiy hisobda 0:3ga mag'lub bo'ldi.
4. «PSJ» Frantsiya kubogining 1/16 final bosqichida «Marsel»ga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi. Messining «PSJ»dagi o'yinlari shunchalik yomon ediki, uning muxlislari endi Leodan ketishini talab qildi.
5. Rodri «Siti» bilan treblni qo'lga kiritdi, EChL finalida g'alaba golini urdi. Ispaniya bilan Millatlar Ligasida g'alaba qozondi, biroq bu sovrin hisobga olinmaydi.
6. Vinisius La Ligada (qiyinroq liga) gol va assistentlik bo'yicha 20+ natija qayd etdi. Copa del Rey'da g'alaba qozondi (Messi kubokni yuta olmadi) va EChLda gol+assist tizimida 14 ochko qo'lga kiritib, yarim finalga chiqdi.
Messining piarini mag'lub etish imkonsiz. Biroq Xoland bu mukofotni qo'lga kiritishga haqliroq.