"Bavariya" Palinya transferi ustida ishlashda davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Myunxenning "Bavariya" klubi "Fulxem"dan himoyachi Joau Palinyani sotib olishdan umidini uzmayapti. Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, Palinyaning o'zi "Bavariya"ga o'tishga tayyor, ammo transfer hali ham qiyin ko'rinadi. "Fulxem" bosh murabbiyi Marko Silva hamon jamoasi portugaliyalikni saqlab qola olishiga umid qilmoqda.
"Fulxem" Palinya uchun katta miqdorda tovon puli talab qilishi avvalroq xabar qilingandi. Transfermarkt 28 yoshli portugaliyalik futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!