"Manchester Yunayted" "Brentford" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Manchester Yunayted" "Brentford" himoyachisi Riko Genriga qiziqish bildirmoqda. Mail Sport nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" ehtimoliy kelishuv shartlarini bilish uchun "arilar"ga so'rovnoma yuborishgan.
Genri Angliya Premer-ligasidagi uchinchi mavsumini "Brentford" bilan boshladi. Oldingi ikkita mavsumda himoyachi yaxshi o'ynadi va vaqti-vaqti bilan top-klublarning nishonida paydo bo'ldi.
"Manchester Yunayted" noyabrgacha safdan chiqqan Lyuk Shou o'rniga yangi chap qanot himoyachisi qidirmoqda. "Qizil iblislar" "Chelsi"dan Mark Kukurellya va "Barselona"dan Markos Alonsoni ham ko'rib chiqmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!