Skaloni Messining MLSdagi faoliyati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining "Inter Mayami"dagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Leo hozir mukammal tartibda, men uning baxtli ekanini ko'ryapman. Messi uchun u va uning oilasi o'zlarini qulay his qilishlari muhim. Messi jamoadoshlari bilan birgalikda aql bovar qilmaydigan narsalarni yaratadi. Lionel hali ham eng yuqori darajadagi futbolni ko'rsatishga qodir", - dedi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumanida.
Messi "Inter Mayami"ga tekinga o'tdi. 36 yoshli hujumchi 9 uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!