"Milan" himoyachisi "Bavariya"ga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Bavariya" "Milan" himoyachisi Per Kalyulyuga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, myunxenliklar klubi 23 yoshli frantsiyalik futbolchini yozda "Bavariya"ni tark etishi mumkin bo'lgan Benjamen Pavarga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, "Inter" Pavarga faol qiziqish bildirmoqda.
Kalyulyu "Milan"ga 2020 yilning kuzida "Lion"dan ko'chib o'tgandi. Himoyachi “rossonerilar” safida jami 102 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!