"Surxon-Farm" va "Jarqo'rg'on" o'yinidan so'ng yuzaga kelgan vaziyat O'FA tomonidan o'rganib chiqiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Tartib-intizom qo'mitasi “Surxon-Farm” va “Jarqo'rg'on” o'yinidan so'ng yuzaga kelgan vaziyatni o'rganib chiqadi.
O'zbekiston ikkinchi ligasi Surxondaryo birinchiligidan o'rin olgan "Surxon-Farm" — "Jarqo'rg'on" o'yini yakunlanganidan keyin futbolchilar tomonidan uchrashuv hakamiga nisbatan keskin harakatlar bilan tajovuz qilingan va natijada tartibsizliklar kelib chiqqan.
Mazkur holat O'FA Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan sinchkovlik bilan o'rganib chiqiladi va mojaro sabablari aniqlanib, aybdorlarga tegishli choralar ko'riladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!