Jo Koul: "Meddison yozning eng yaxshi xaridi bo'lishi mumkin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Jo Koul Jeyms Meddisonning "Lester"dan "Tottenxem"ga o'tishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ushbu transfer haqida qanchalik ko'p o'ylasam, u yozning eng yaxshi xaridi bo'lishi mumkindek tuyuladi", - deya Koulning so'zlarini keltiradi Eurosport.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Meddison uchun "Tottenxem" 46,3 million evro to'lagan. Angliyalik yarim himoyachi "shporlar" tarkibida uchta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi, ularda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!