Berardi "Napoli" bilan o'yinda ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
“Sassuolo” hujumchisi Domeniko Berardi “Napoli” bilan safarda bo'lib o'tadigan A seriyaning navbatdagi turida jamoasiga yordam bermaydi. Tuttosport xabariga ko'ra, yarim himoyachi transfer oynasi tugaguniga qadar Turinning "Yuventus" klubiga o'tishdan umidvor.
Eslatib o'tamiz, "keksa senora" haligacha "Sassuolo" bilan tovon puli borasida kelisha olmayapti. "Qora-yashillar" o'z futbolchisi uchun 30 million evrodan ko'proq talab qilmoqda, "Yuventus" esa bunday pulni to'lashga tayyor emas.
Berardi yozda “Sassuolo”ni tark etishga qaror qilgan. 29 yoshli italiyalik futbolchi hozirgacha butun faoliyatini shu klubda o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!