"PSJ" muxlislari Mbappeni olqishlar bilan kutib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"PSJ" muxlislari hujumchi Kilian Mbappening asosiy tarkibga qaytganini olqishlar va hayqiriqlar bilan qarshi oldilar. 24 yoshli hujumchi birinchi daqiqalardan Liga 1 3-turidan o'rin olgan "Lans"ga (3:1) qarshi o'yinda maydonga tushdi va gol urdi.
Yulduz hujumchi so'nggi uchrashuvda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Bu Mbappening parijliklar safidagi 150 va 151-gollari bo'ldi.
Kilian "Real"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay Parijda qolishga qaror qildi. Shu bilan birga, hujumchi klub bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomani hozircha yangilamadi.
Joriy mavsumda Mbappe Frantsiya chempionatida ikkita o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!