"Real"ning ikki futbolchisi safga qaytmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72
"Real Madrid" futbolchilari Dani Sebalos va Ferlan Mendi Ispaniya La Ligasining navbatdagi turida "Xetafe"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Diario AS xabariga ko'ra, Mendi va Sebalos avval taxmin qilinganidan ertaroq tiklanishlari mumkin. Bir necha kun oldin futbolchilar xalqaro tanaffusdan so'ng safga qaytishi kutilgandi, ammo hozir bu boradagi fikrlar boshqacha. Sebalos va Mendi "Xetafe"ga qarshi o'yinda oz bo'lsa-da daqiqalarni olishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Sebalos va Mendi mavsumoldi mashg'ulotlarida jarohat olishgan. La Liganing dastlabki uch turida “Real” maksimal 9 ochko jamg'argan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!