«Neymar, nihoyat qo'polliklardan qutulding»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
26 avgust kuni Frantsiya chempionati 3-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda «PSJ» o'z maydonida «Lans»ni qabul qildi. Mezbonlar 3:1 hisobida g'alabani tantana qilishdi.
Uchrashuv davomida parijliklar jamoasi muxlislari tribunalarga braziliyalik hujumchi Neymarning ketishiga bag'ishlangan banner osib qo'yishdi. Unda: «Neymar, nihoyat qo'polliklardan qutulding» deb yozilgandi.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli braziliyalikning Saudiyaning «Al-Hilol» klubiga o'tishi yaqinda e'lon qilingan edi.
«PSJ» tarkibida Neymar 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda va jamoa bilan 12 ta sovrin yutgan. Hujumchi o'tgan mavsumda Liga 1da 20 o'yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 11 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!