Ispaniyalik himoyachi «Sporting»ga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
O'ng qanot himoyachisi Ivan Fresneda «Valyadolid»dan «Sporting»ga o'tadi.
Relevo xabariga ko'ra, Lissabon klubi 18 yoshli futbolchi uchun 9 million evro to'laydi. Yana 3 million evro bonus sifatida shartnomaga kiritiladi.
Bundan tashqari, shartnomada «Valyadolid» Fresnedaning navbatdagi transferi summasining 10 foizini olishi haqida band bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Ivan Fresneda 19 yoshgacha bo'lgan Ispaniya terma jamoasi safida 13 ta o'yin o'tkazgan. Bu o'yinlarda himoyachi sherigiga bitta samarali uzatma berdi.
Avvalgi mish-mishlar Fresnedani «Barselona» va «Real» bilan bog'lagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!