Pavar "Bavariya"ning bugungi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14
"Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavar haligacha jamoani tark etmadi.
Xabaringiz bor, frantsiyalik futbolchi “Inter” bilan kelishib olgandi, ammo “Bavariya” rahbariyati hali ham ushbu transfer uchun yashil chiroq yoqmadi.
Juma kuni Pavar umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmadi va Myunxen klubi buni belidagi muammolar bilan izohladi, biroq Bild nashri xabariga ko'ra, bunday chora futbolchining "Inter"ga o'tganidan noroziligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Benjamin Pavarning "Bavariya" bilan shartnomasi kelasi yili nihoyasiga etadi. 27 yoshli markaziy himoyachi klubini o'zgartirmoqchi, biroq nemis grandining boshliqlari bosh murabbiy Tomas Tuxel kabi uning ketishini ma'qullashmayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!