"Tottenxem" futbolchisining La Ligaga qaytishi barbod bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Tottenxem"ning chap qanot himoyachisi Serxio Regilon "Real Sosedad"ga o'tmaydi.
26 yoshli futbolchini "Real Sosedad" klubi transfer bozoridagi asosiy maqsadi sifatida qayd etgandi, biroq “shporlar” bilan muzokaralar natija bermadi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Real Sosedad" "Arsenal" futbolchisi Kiran Tirnini chap qanot himoyachisi sifatida sotib olishga rozi bo'lganligi sababli, shartnoma endi butunlay buzildi.
Serxio Regilonning transfer narxi Transfermarkt tomonidan 10 million evroga baholanmoqda. O'tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi "Atletiko"da ijara asosida o'ynagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!