Rasman! Ter Shtegen "Barselona" bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Mark-Andre ter Shtegen "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Nemis darvozaboni bilan kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallangan. Yangi shartnomaga ko'ra, tovon puli 500 million evro etib belgilangan.
Ma'lum bo'lishicha, Ter Shtegen La Liga me'yorlariga mos kelishi uchun shartnomaning dastlabki ikki yillik maoshining muhim qismidan voz kechadi. Futbolchi bu pulni shartnomaning oxirgi uch yilida oladi.
Eslatib o'tamiz, nemis 2014 yildan buyon "Barselona"da o'ynab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!