Messi reperning klipida suratga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
“Inter Maymi” hujumchisi Lionel Messi Maluma taxallusi ostida kolumbiyalik reperning klipida suratga tushdi. Goal portali bu haqda ma'lumot berdi.
Klipda Messini Liga kubogi bilan ko'rish mumkin. Ushbu kubokni yaqinda "Inter Mayami" finalda "Neshvill" jamoasini 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida mag'lub etib, qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida "Inter Mayami"ga o'tgan edi. Argentinalik futbolchi MLS klubi bilan 2025 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Messi oldingi ikki mavsumni Frantsiyada “PSJ” safida o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!