Maksim Shatskix: "Birinchi bo'limda 30 daqiqa futbol o'ynadik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
O'zbekiston Superkubogi uchun bo'lib o'tgan "Nasaf" hamda "Paxtakor" (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida poytaxtliklar ustozi Maksim Shatskix ishtirok etdi.
"Barchaga xayrli kech. Kecha tomoshabop o'yin bo'lishini ta'kidlagan edim. Muxlislar uchta gol ko'rishdi. "Nasaf"ni Superkubok bilan tabriklayman. Biz birinchi bo'limda 30 daqiqa futbol o'ynadik. Keyin to'p nazorati va tashabbusni yo'qotdik. Ikkinchi taymda o'yinni o'zgartira olmadik" - dedi Shatskix o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!