Myuller: "Ronaldu ham yaxshi, lekin Messi eng zo'ri"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi haqidagi savolga javob berdi.
"Menimcha, Messi tarixdagi eng zo'ri, chunki odamlar uning ajoyib o'yini uchun stadionga borishadi. Ronaldu ham kuchli futbolchi, ammo Messi yanada kreativ o'yinchi", - dedi Myuller DAZN bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning yozida 36 yoshli Messi "PSJ"dan "Inter Mayami"ga o'tgan edi. Yangi klub tarkibida argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda sakkizta o'yin o'tkazib, o'nta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!