"Arsenal" muxlislari uchun xushxabar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
Gabriel Jezus tizzasidan olgan jarohatidan keyin mashg'ulotlarga qaytdi.
"Arsenal" hujumchisi avgust oyi boshida jarohat olgan edi. U Premer-liga mavsumi boshlanishini, jumladan, Angliya Superkubogi uchun "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi. Manbaga ko'ra, braziliyalik avgust oyi boshida kichik jarrohlik amaliyotini o'tkazgan.
Evening Standard nashri xabariga ko'ra, Jezus payshanba kuni "Arsenal"ning umumiy guruhi bilan mashg'ulot o'tkazdi. Jezus bu shanba kuni "Fulxem"ga qarshi maydonga qaytishi mumkin, ammo bu variant hozircha dargumon.
Hujumchi kelasi haftada "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinga yoki xalqaro tanaffusdan keyingi o'yinlarga to'liq tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!