Superkubok. "Nasaf" Jizzaxda "Paxtakor"dan ustun keldi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
O'zbekiston Superkubogida "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari Jizzaxda bahs olib bordi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Pshemislav Banashak "Paxtakor"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oybek Bozorov esa 42-daqiqada muvozanatni tikladi.
Bellashuvning 65-daqiqasida Marko Stanoevich toshkentliklar darvozasini ishg'ol etib, "Nasaf"ga muhim bo'lgan g'alabani olib keldi.
"Paxtakor" – "Nasaf" 1:2
24.08.2023 yil. Soat 19:30
Jizzax, "So'g'diyona" stadioni.
Bosh hakam: Aziz Asimov
Gollar: Pshemislav Banashak 7, Oybek Bozorov 42, Marko Stanoevich 65.
"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev (20.Hojimat Erkinov,71), 10.Dragan Cheran, 19.Pshemislav Banashak, 27.Sardor Sobirxo'jaev ( 11.Po'latxo'ja Xolxorxonov, 85), 30.Metyu Stinvorden, 34.Farruh Sayfiev, 77.Dilshod Saitov (17.Dostonbek Hamdamov,71), 88.Shahzod Azmiddinov.
"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 17.Suhrob Nurulloev, 19.Mateus Lima (70.Jambuli Jigauri, 54), 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich ( 9.Javohir Sidiqov, 71), 92.Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor")