"Liverpul" Salohni sotish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Saudiyaning "Al-Ittihod" klubi hujumchi Muhammad Salohni o'z safiga qo'shib olish uchun harakat qilmoqda.
Matbuotda hattoki, 31 yoshli misrlik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionlari bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabar tarqaldi.
Biroq, "Liverpul"ning pozitsiyasi o'zgarishsiz qolmoqda: Saloh sotilmaydi. Bu haqda The Athletic xabar tarqatdi.
Salohning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan. "Qizillar" safida misrlik futbolchi 307 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 187 ta gol urgan va 80 ta golli uzatmani hamkorlariga bergan.
Transfermarkt portali Salohni 65 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!