"Atletiko" prezidenti: "Feliks jamoada qolishni xohlamayapti"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Sereso hujumchi Joau Feliks haqida fikr bildirdi.
"Feliks "Atletiko"da o'ynashni istamasligi aniq. Boshqa jamoalar u bilan shartnoma imzolamoqchimi? Bu boshqa savol", - dedi funktsioner LaSexta bilan suhbatda.
Avvalroq, 23 yoshli portugaliyalik futbolchining xizmatlariga "Barselona" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Feliks Ispaniya chempionatining 1-turi doirasidagi "Betis"ga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvni o'tkazib yuborgan edi.
Keyingi turda “Atletiko” “Rayo Valekano”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!