"Yuventus" o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati himoyachi Daniele Rugani bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Jurnalist Romeo Agrestining yozishicha, joriy transfer oynasi yakunida "byankonerlar" rahbarlari futbolchining atrofidagilar bilan uchrashib, kelishuvni davom ettirish masalasini muhokama qilishadi. Maqsad Ruganining maoshini qisqartirish, shu bilan birga shartnomani uzaytirish. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Daniele "Yuventus" tarbiyalanuvchisi bo'lib, turinliklar libosida 130ta o'yin o'tkazgan. Transfermarkt portali Italiya terma jamoasining 29 yoshli sobiq futbolchisining narxini ikki million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!