"Fulxem" ustozi: "Kin biz uchun hujumdagi echim emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Fulxem" bosh murabbiyi Marko Silva italiyalik hujumchi Moyze Kinning transferi haqida gapirdi.
"Moyze Kin biz uchun hujumdagi echim emas. Men futbolchilar haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin bu holatga oydinlik kiritmoqchiman", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Oldinroq "Fulxem" Aleksandr Mitrovich ketganidan so'ng "Yuventus" hujumchisi uchun 30 million evro to'lashga tayyor ekanliklari xabar qilingandi, ammo "byankonerlar" o'z futbolchisini kamida 40 million evroga qo'yib yuborishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Moyze Kin o'tgan mavsumda "keksa sinora" libosida 40 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan. Transfermarkt portali 23 yoshli hujumchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!