Engil atletika bo'yicha JCh. Anvarov va Davronova finalga chiqa olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Engil atletikachilarimiz Anvar Anvarov va Sharifa Davronova Vengriya mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan Anvarov berilgan 3 imkoniyatdan unumli foydalana olmadi va musobaqani hech qanday natijasiz tugatdi.
16 yoshli Davronova esa uch hatlab sakrash sektorida 13.66 metrga sakray oldi. Bu saralashdagi 24-natija bo'ldi va final uchun etarli bo'lmadi. Mazkur dasturda eng past natija bilan finalga yo'l olgan sportchining ko'rsatkichi 14.13 metrni tashkil etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!