Godin Messidan faoliyatini tugatmaslikni so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Inter" va "Atletiko"ning sobiq himoyachisi Diego Godin 2016 yilda Lionel Messidan faoliyatini yakunlamaslikni so'raganini aytdi.
"2016 yilda otam Messi ketmasligi uchun unga xat yozishimni maslahat bergandi. Men undan so'radim: "Nega u mening gaplarimga ahamiyat berishi kerak?". Otam menga: “Sen terma jamoa sardori va uning raqibisan”, deb javob berdi. Luis Suaresdan Leoning raqamini so'radim. Qo'ng'iroq qilib, futbolchilik faoliyatini yakunlamasligini aytdi. Men o'zimning manfaatlarim uchun uning tugatishini istardim, ammo futbol bundan yutqazardi", - deydi Godin.
37 yoshli urugvaylik futbolchi shu yozda futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!