Desham Mbappening "PSJ"dagi vaziyati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Kilian Mbappening "PSJ"dagi o'rni haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Vaziyat og'ir edi, ammo hozir hammasi o'z joyiga qaytdi. Menimcha, bu ajoyib. Bundan Frantsiya terma jamoasi, Kilianning o'zi va "PSJ" foyda ko'radi.
Mbappeni yana "PSJ"da o'ynashga undadimmi? Yo'q, men aralashmayman, boshqa vazifalarim ham bor. Men u bilan boshqa o'yinchilar kabi muloqot qilaman, ammo bu uning faoliyati. Agar so'ralsa, maslahat bera olaman", - deb Desham so'zlarini keltirmoqda L'Equipe.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!