Luis Enrike: "Futbolchilarga vaqt kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike klubdagi dastlabki oylardagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum boshlanishidan oldin parijliklar jamoasini qabul qilib olgandi.
“Hammasi ijobiy rivojlanmoqda, derdim. Futbolchilar bir-birlarini yaxshiroq bilishlari, o'zaro munosabatlarni o'rganishlari va murabbiylik talablarimga ko'nikishi uchun vaqt kerak.
Menga "Park de Prens" atmosferasi juda yoqdi. Umid qilamanki, biz muxlislarni yaxshi o'yin, ko'plab gollar va o'yinlardagi g'alabalar bilan xursand qila olamiz", - deya Enrikening so'zlarini keltiradi Frantsiya OAVlari.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!