"Arsenal" vingeri Saudiya klubida qancha topishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
"Arsenal" vingeri Nikolya Pepe Saudiya Arabistoniga o'tishga yaqin turibdi.
"Kanonirlar" bosh murabbiy Mikel Artetaning rejalariga to'g'ri kelmaydigan ivuarlik bilan xayrlashish niyatida. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Pepe Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubi bilan 2027 yilgacha hisoblangan shartnoma imzolaydi. 28 yoshli futbolchining maoshi yiliga 15 million evroni tashkil qiladi.
Pepe 2019 yilda "Lill"dan 80 million evro evaziga "Arsenal" safiga qo'shilgan edi. 2022/23 yilgi mavsumda futbolchi "Nitstsa"da ijara asosida o'ynagan va 28ta o'yinda 8ta gol urgan va bir marta assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!