Premer-liga klubi "Yuventus" hujumchisi uchun 30 million evro to'lamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Yuventus" hujumchisi Moyze Kin "Fulxem"ning transfer maqsadi bo'lib qolmoqda.
Turin klubidagi kelajagi OAVda muntazam ravishda muhokama qilinayotgan 23 yoshli futbolchiga londonliklar asosiy da'vogarlardan biri sanaladi. La Gazette Dello Sport xabariga ko'ra, "Fulxem" italiyalik futbolchi uchun 30 million evrolik taklif bilan muzokaralarni boshlashga tayyor, ammo "Yuventus" hujumchini sotishdan 40 millionga yaqin daromad olmoqchi.
Moyze Kinning "keksa sinora" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. O'tgan mavsumda futbolchi Massimiliano Allegri jamoasi safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!